
Joriy yilning 17-19 aprel kunlari Toshkent shahrida O‘zbek jang san’ati bo‘yicha tarixda ilk bor Osiyo chempionati o‘tkaziladi, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Musobaqada qit’amizning 10 dan ziyod mamlakatlaridan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Turnir poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ushbu musobaqa doirasida yangi tashkil qilinayotgan Osiyo O‘zbek jang san’ati federatsiyasining ta’sis majlisi ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbek jang san’ati sport turi 2009 yil 14 aprel kuni Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, buyuk sohibqiron Amir Temur askarlari aynan mana shu jang san’ati bilan shug‘ullangan. O‘zbekiston O‘zbek jang san’ati federatsiyasi ushbu sport turini “YUNESKO” nomoddiy-madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritish yo‘lida amaliy sa’y-harakatlar olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar