
LaLiganing 25-turi doirasidagi "Levante"dan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin "Real" ustozi Zinedin Zidan o‘zining hissiyotlari haqida gapirdi.
"Bu dahshat! Bir haftada 5 ochko yo‘qotdik. Futbol mana shunday bo‘laveradi. Biroq ["Barselona" va "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlardan oldin] meni hech nima xavotirga solmayapti. Futbolda barchasi bo‘lishi mumkin.
Ushbu mavsumda biz yorqinroq lahzalarni ko‘proq o‘tkazdik. Shu boisdan o‘tgan 2 o‘yin natijasiga qarab, taslim bo‘lmoqchi emasmiz.
Ushbu tajribalar orqali oldinga katta kuch, xohish, ishtiyoq bilan intilish kerak. Omadsiz hafta barchada bo‘ladi.
Azar to‘pig‘iga qattiq zarba qabul qilib oldi. Ertaga uni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazamiz", - dedi Zidan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.