15:43 / 01.03.2020
2 462

Andrey Shipilov AGMK bilan durangdan so‘ng: Maydonga keragidan ko‘p qum to‘kilganini ko‘rdik

Andrey Shipilov AGMK bilan durangdan so‘ng: Maydonga keragidan ko‘p qum to‘kilganini ko‘rdik
Kecha Superliga 1-turidan o‘rin olgan AGMK - "Metallurg" uchrashuvi o‘tkazildi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bellashuvdan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- O‘yin qiziqarli va keskin o‘tdi. Ikkala jamoa ham g‘alabaga loyiq edi. Raqib tarkibi juda kuchli, biz ham yaxshi o‘ynashga urindik. Menimcha, natija adolatli.

"Metallurg" safida Aleksandr Lobanov yaxshi harakat qildi. Bundan tashqari qanot vakillari Toshqo‘ziyev va Toshpo‘latov katta hajmdagi ishni bajarishdi. Ikkinchi taymda butun jamoam yaxshi o‘ynadi. Ubaydullayevda 2-3 ta qulay imkoniyat bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda bizda ko‘proq qulay imkoniyatlar bo‘ldi.

Maydonga keragidan ko‘p qum to‘kilganini ko‘rdik. Aynan shu bois Akbar Ismatullayev jarohat oldi. Ikkala jamoa ham to‘liq kuch bilan o‘ynay olmadi, imkoniyatlari darajasini namoyish eta olishmadi.

Muzaffar Muzaffarovda oilaviy muammolar paydo bo‘lganligi bois u bilan samimiy xayrlashdik. Zohid Abdullayev nega jamoaga qaytarildi? U bilan xayrlashishimiz o‘zi qiyin bo‘lgandi. Uzoq suhbatlashgandik. Klub rahbariyatining yordami bilan Abdullayevni baribir jamoaga qaytardik. Uning hali yordami tegadi.

Klubda uch yildan buyon ishlab kelayapman, Toshpo‘latovni ikki yil muqaddam jamoamizga olib kelish harakatini qilganmiz. Ammo faqat bu yil maqsadimizga erishdik. Toshqo‘ziyev 1998 yilda tug‘ilgan yosh futbolchi, unga imkoniyat berish kerak edi. Bundan tashqari jamoada Sattorov, Shipilov singari to‘rt-besh nafar yoshlarga ham ishonch bildirayapmiz, ularga sekin asta ko‘proq imkoniyat berib boramiz. Yangi futbolchilarning esa jamoaga qo‘shilib ketishlari uchun vaqt kerak bo‘ladi, - dedi Andrey Shipilov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov AGMK bilan durangdan so‘ng: Maydonga keragidan ko‘p qum to‘kilganini ko‘rdik