Ispaniya chempionatining 27-turida "Real" klubi "Betis" (1:2) ga yutqazib qo‘ydi.
Ushbu mag‘lubiyat Zinedin Zidan shogirdlari uchun so‘nggi 7 ta bahsdagi to‘rttinchisi bo‘ldi.
Ispaniya La Ligasining 27-turida “Betis” o‘z maydonida “Real”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “qirollik klubi” 1-o‘ringa chiqib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. “Betis” esa 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Madrid klubi 6 fevral kuni La Liga doirasida "Real Sosedad"ga, 22 fevral kuni yana Ispaniya chempionatida "Levante"ga va 26 fevralda CHL doirasida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy bergandi.
"Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvgacha, "qaymoqranglilar" mavsum davomida 32 ta bahs o‘tkazib, bor-yo‘g‘i ikki marta yutqazishgandi. Qolgan 30 ta bellashuvning 20 tasida g‘alaba va 10 tasida durang qayd etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»