10 mart kuni 6 nafar bokschimiz litsenzion musobaqa yarim finalida jang qiladi. Finalga yo‘l olish uchun hamyurtlarimizga raqiblik qiladigan bokschilari nomi va janglarning vaqtlari ma’lum bo‘ldi.
Quyida yarim finalda ringga ko‘tariladigan bokschilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Titisan Panmot (Tailand) (15:15dan so‘ng)
-63 kg: Elnur Abduraimov - Chinzorig Baatarsuh (Mo‘g‘uliston) (15:45dan so‘ng)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Husseyn Iashash (Iordaniya) (16:00dan so‘ng)
-91 kg: Sanjar Tursunov - David Nika (Yangi Zelandiya) (16:45dan so‘ng)
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Serik Temirjanov (Qozog‘iston) (21:30dan so‘ng)
+91 kg Bahodir Jalolov - Kumar Satish (Hindiston) (23:00dan so‘ng)
Qayd etish lozimki, yuqoridagi barcha bokschilarimiz Tokio Olimpiadasi litsenziyasini naqd qilib qo‘yishgan. Navbatdagi g‘alabalar esa ularning reytingini yaxshilashga xizmat qiladi.
Ayollar terma jamoamiz a’zosi Tursunoy Rahimova 11 mart kuni tailandlik raqibasiga qarshi jang qiladi. O‘sha jangdagi g‘alaba bokschimiz uchun Tokio Olimpiadasi litsenziyasini taqdim etadi.
Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»