16:50 / 10.03.2020
4 964

Bunaqasi o‘zbek futboli tarixida bo‘lmagan edi

Bunaqasi o‘zbek futboli tarixida bo‘lmagan edi
O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor shartnomalar ko‘tarma pullaridan to‘liq holi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev o‘z telegram sahifasida ma’lum qildi.

"O‘zbekiston futboli tarixida ilk marta shartnomalar ko‘tarma pullaridan to‘liq holi bo‘ldi. Endi futbolchilarda ko‘tarma pullari yo‘q. Klublar dastlabki olti o‘rindan birini egallay olmasa, futbolchilar bonuslardan ham quruq qoladi. Demak, oltilikka kirish uchun kurash jiddiy kechadi.

Endi nima bo‘ladi? Endi ko‘tarma pullarini boshqa yo‘llar bilan futbolchilarga yetkazishga harakat boshlanishi katta ehtimol. OFK talabidagi audit va tegishli organlar bunga qarshi kurashishi kerak bo‘ladi. Ya’ni, klublar smetada ko‘rsatilgan pulni biror futbolchiga shartnomadagidan ortiq berayotgan bo‘lsa, bu qoidabuzarlik hisoblanadi.

Shu kungacha ham futbolchilar bilan smetadan tashqari hisob-kitob qilayotganlar bor. O‘zPFL bu ishga aralashmaydi. Biroq shartnoma shartlari klublar uchun ajratilgan smeta doirasidan tashqariga chiqib ketmasligi nazorat qilinadi.

Orzudagi O‘zbekistonda klublar albatta davlat tomonidan moliyalashtirilmaydi. Xususiy klublar futbolchilar bilan qonunchilik doirasida qanday hisob-kitob qilsa, O‘zPFL buni to‘g‘ri deb hisoblaydi. Hozirgi holatda esa klublarga berilayotgan pul faqatgina oylik-maoshlarga ketib qolmasdan, u kelajak futboli uchun poydevor qo‘yishga ham sarflanishi kerak
", - deydi Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bunaqasi o‘zbek futboli tarixida bo‘lmagan edi