Yaponiya boshqaruv partiyasining yetakchi a’zosi, Tokio 2020 Olimpiada tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sababli yozgi o‘yinlarni keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishi haqida o‘ylashayotganini ma’lum qildi, chunki shahar hokimi belgilangan tartibda davom etishini talab qilgan.
Mamlakatning keyingi yetakchisi lavozimiga tayinlangan sobiq Mudofaa vaziri Shigeru Ishiba, bu masalani Xalqaro Olimpia Qo‘mitasi (XOQ) hal etishi kerakligini aytdi. Ishiba Yaponiya hukumatini har qanday ehtimollikka tayyor turishga chaqirdi.
"Hukumat endi o‘yinlar kechiktirilsa yoki bekor qilinsa, nima qilish kerakligi haqida o‘ylashi kerak", deya qo‘shimcha qildi u.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 620 ta Covud-19 holati va 12 ta o‘lim qayd etilgan. Ushbu raqamlar o‘tgan oy Yaponiyaning Yokoxama portida karantin qilingan "Diamond Princess" sayohat layneri bilan bog‘liq 700 ga yaqin infeksiya va 7ta o‘limdan tashqari hisoblangan.
Tokio gubernatori Yuriko Koike payshanba kuni 24 iyul kuni ochilishi kerak bo‘lgan o‘yinlarni bekor qilish "aqlga sig‘maydi" deb aytdi, ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining pandemiya tarqalishini e’lon qilishi ushbu tadbirga birmuncha ta’sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.
Tashkiliy qo‘mitaning boshlig‘i Yoshiro Mori o‘yinlar belgilangan tartibda davom etishini aytdi. Bunday muzokaralar keng miqyosda hamon davom etmoqda, o‘yinni may oyiga kechiktirish haqidagi fikrlar sportchilarga noqulaylik tug‘diradi deb qaralmoqda.
Koronavirusning tarqalishi allaqachon tayyorgarlikni buzgan. An’anaviy alanga marosimi Gretsiyaning Olimpiya shahrida tomoshabinlarsiz o‘tkazildi va 20 mart kuni Yaponiyaga mash’alning kelishiga bag‘ishlangan tadbir kamaytiriladi.
Ayrim sport turlari bo‘yicha Olimpia saralash turnirlari ham bekor qilingan, keyinga qoldirilgan yoki turli mamlakatlarga ko‘chirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»