Foto: EPA/UPG
Koronavirus epidemiyasi tufayli Olimpiya olovi estafetasi to‘xtatildi. Ushbu qarorni Gretsiya Milliy olimpiya qo‘mitasi bugun, 13 mart kuni qabul qildi.
«Gretsiya Olimpiya qo‘mitasi, aholini koronavirusdan himoya qilish maqsadida, juma kuni Gretsiyada Olimpiya olovi estafetasini to‘xtatishga qaror qildi», — deyiladi tashkilot bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Gretsiyada Olimpiya olovi Qadimgi Olimpiyada kecha, 12 mart kuni yoqilib, birinchi kuni Kalamata shahrigacha olib borilgan, bugun Spartaga yetib kelgandi.
Olovning tantanali topshirilish marosimiga odamlar ko‘p kelayotgani mahalliy hukumatni tashvishga solib qo‘ygan.
Shundan so‘ng Gretsiya MOQ sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishuv asosida dasturning qolgan qismini bekor qilgan.
Olimpiya olovi Tokio-2020 Olimpiadasi tashkilotchisi — Yaponiyaga 19 mart kuni Afinadagi «Panatinaikos» stadionida jamoatchilik ishtirokisiz topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»