Foto: BoxingScene
Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua WBC kamari egasi Tayson Fyuri bilan jang qilishga tayyorligini bildirdi.
«Agarda men Kubrat Pulevni, Tayson esa yana Uaylderni mag‘lub etadigan bo‘lsa, o‘rtamizdagi jang tashkil qilinishi mumkin. Fyuri ushbu jang bo‘lishini xohlasa, albatta, u tashkil etiladi. Uni Uaylder ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabriklayman. Fikrimcha, uning hozirgacha ikkita yaxshi jangi bo‘lgan: biri Klichkoga, biri esa Uaylderga qarshi. Hozir esa Tayson yuqori cho‘qqida», — deydi Joshua.
Ma’lumot uchun, Entoni Joshua 20 iyun kuni Londonda o‘zining chempionlik kamarlarini Kubrat Pulevga qarshi jangda himoya qilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi