date

Nursiz o‘yinda Beyl «Real»ning g‘alabasini ta’minladi

Nursiz o‘yinda Beyl «Real»ning g‘alabasini ta’minladi

"Real" La liga debyutanti — "Kordoba"ga qarshi juda nursiz o‘yin namoyish etdi va katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

O‘yinning 1-daqiqasidayoq mezbonlar penalti ishlashdi va undan unumli foydalanib, hisobni ochishdi. "Real" birinchi bo‘limning o‘zida burchak to‘pidan keyin hisobni tenglashtirdi. Benzema yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda ham Anchelotti shogirdlarining o‘yin qovushavermadi. Ketma-ket 22ta o‘yinda g‘alabalar seriyasini uyushtirgan "Real"dan asar ham qolmagandek. O‘yinchilarning mahorati evaziga jamoa vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilishmoqda, juda sust o‘yin ko‘rsatishmoqda. Jamoani ortidan etaklashi kerak bo‘lgan Krishtianu Ronaldu bu o‘yinda asablarini jiloylay olmadi va maydondan chetlatildi. Natijada klublar darajasida 600-o‘yinda maydonga tushgan Krishtianu o‘zining yubiley o‘yiniga "sovg‘a" hozirladi.

Jamoani esa Beyl ochko yo‘qotishdan qutqarib qoldi. Uelslik futbolchining o‘zi jarima zarbasi ishladi, jarimadan yo‘llagan zarba jonli devordagi futbolchining qo‘liga tegdi va Beylning o‘zi penaltidan gol urdi!

Ikkinchi bo‘limda "Kordoba" futbolchilari bir necha vaziyatlardan foydalana olishmadi. Ayniqsa, o‘yinning 67-daqiqasida "Real"ni goldan darvoza to‘sini qutqardi. Andone to‘p uchun kurashda Ramosdan to‘p olib qo‘ydi va birga bir vaziyatda to‘pni Ramosning ustidan oshirdi. To‘p erga tegdi va sakrab, darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

"Real" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va peshqadamlik qilishda davom etadi.

La liga, 20-tur
Kordoba – Real Madrid 1:2

Gollar: 1:0 – 3, penalti Gilas, 1:1 – 27 Benzema, 1:2 – 89, penalti Beyl.
Kordoba – Xuan Karlos, Krespo, Deyvid, Gunino, Edimar, Kartabiya, Rossi, Bebe, Pantich, Andone (Viko, 80), Gilas.
Real Madrid – Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Varan, Marselo (Koentrau, 72), Xedira (Ilyarramendi, 64), Xames (Xese, 80), Beyl, Kroos, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Ramos (2), Rossi (58), Kartabiya (60), Xedira (63), Karvaxal (74).
Chetlatishlar: Ronaldu (82), Kartabiya (87).

Manba: www.stadion.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nursiz o‘yinda Beyl «Real»ning g‘alabasini ta’minladi