06:00 / 17.03.2020
2 722

Alan Shirer: "Liverpul"ga APL chempionligini bermaslik kerak"

Alan Shirer: "Liverpul"ga APL chempionligini bermaslik kerak"
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirerning fikricha, hamma o‘yinlar o‘ynalmasa, joriy mavsumni haqiqiy emas deb topish kerak.
"Agar mavsum hali tugamagan bo‘lsa, siz g‘olib yoki mag‘lubni aniqlay olmaysiz. Bu ba’zi bir klublar uchun dahshatli bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ayniqsa "Liverpul" uchun, ammo bu yagona yo‘l. Agar barcha o‘yinlar o‘tkazilmas ekan, chempionni va Chempionshipga tushib ketadiganlarni aniqlay olmaysiz.

"Liverpul" uchun bu nihoyatda shafqatsiz bo‘ladi. Ammo, men ularga adolatlik bilan unvon berish yo‘lini ko‘rmayapman, vaholanki ulardan APLda endi hech kim o‘tib keta olmaydi. Ularga sovrin uchun 6 ochko kerak, ammo ular bu ochkolarni hali yig‘ishmadi. Mavsum bekor qilinishi kerak", - deydi Shirer.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alan Shirer: "Liverpul"ga APL chempionligini bermaslik kerak"