"Barselona" o‘yinchilari Ronaldu 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kerak deb hisoblaydilar

"Barselona" o‘yinchilari Ronaldu 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kerak deb hisoblaydilar
"Barselona" o‘yinchilari Ronaldu 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kerak deb hisoblaydilar

"Barselona"ning bir qator futbolchilari Ispaniya chempionatinig 20-turida "Kordova"ga qarshi o‘yinda "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning qilmishiga o‘z fikrlarini bildirdilar.

Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar bu epizodni tomosha qilganlar va bir ovozdan Ronalduning kamida 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kerakligi aytganlar.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu uchrashuvning 82-daqiqasida maydon egalari Edimarni oyog‘i bilan tepgan edi. O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan voqea uchun Ronaldu kechirim so‘ragan edi.

Voqea shu haftada tartib-intizom qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi.

Manba: stadion.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar