Foto: Goal
PSJ klubi hujumchi Neymarni «Barselona»ga sotib yuborishi mumkin.
Diario Sport nashrining xabar qilishicha, parijliklar Neymarni yozda sotib yuborish haqida o‘ylamoqda. Shu bilan bir qatorda PSJ mazkur kelishuvga «Barselona» hujumchisi Antuan Grizmanning qo‘shilishini istayapti.
Neymarni ketkazish orqali Parij klubi Kilian Mbappeni dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylantiradi. Shu orqali PSJ fransiyalik iqtidor egasini jamoa saqlab qolish istagida.
Avvalroq «Barselona» Grizmanni sotib yuborishga tayyor ekani xabar qilingandi. Shu orqali katalon klubi Neymarni ortga qaytarmoqchi va «Inter» markaziy hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olmoqchi.
Neymar 2017 yilning yozida 222 million yevro evaziga «Barselona»dan PSJga yo‘l olgandi. O‘tgan yozda braziliyalik futbolchi sobiq jamoasiga qaytishga urinib ko‘rdi, biroq tomonlar kelishuvga erisha olmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi