1 579
BAA jamoasining murabbiyi birorta o‘yin o‘tkazmay iste’foga chiqarildi va 540 ming yevro ishlab oldi
BAA futbol assotsiatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Yovanovichni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqda «Futbolium» kanalida xabar qilingan.
Vaziyatning qiziq tomoni shundaki, murabbiy terma jamoa boshqaruvidagi uch yarim oylik faoliyati davomida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Aslida mart oyida jahon chempionati saralashi doirasida ikkita bahs bo‘lishi lozim edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli uchrashuvlar muddati ortga surildi. BAA futbol assotsiatsiyasi esa murabbiyni ishdan bo‘shatishga qaror qildi.
Ammo Yovanovich o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsa ham shartnoma bo‘yicha 540 ming yevro ishlab olishga muvaffaq bo‘lgan. Endi BAA futbol assotsiatsiyasi to‘rt oy ichida yangi murabbiy topishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi