
Foto: Yandex Photos
«Manchester Yunayted» va «Real» klublari sobiq yarim himoyachisi Devid Bekhem «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduni o‘zaro solishtirdi.
«Messi — noyob o‘yinchi, uning darajasiga hech kim yeta olmaydi. Ronaldu undan biroz ortda qoladi. Biroq ular o‘z darajasi bilan qolgan barcha futbolchilardan ustun sanaladi», — deydi Bekhem.
Ma’lumot uchun, Messining hisobida oltita «Oltin to‘p» sovrini bor, Ronaldu esa besh bora ushbu sovringa ega chiqqan.
Messi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 22 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va 12 ta samarali uzatma amalga oshirdi. Ronaldu esa A Seriyadagi 22 o‘yinda 21 gol va uchta golli pas muallifiga aylanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar