14:50 / 01.05.2020
2 207

«Eshagidan to‘qimi qimmat». Neymarning bir o‘yini PSJga 4 mln yevroga tushmoqda

«Eshagidan to‘qimi qimmat». Neymarning bir o‘yini PSJga 4 mln yevroga tushmoqda
Foto: Getty Images
Ispaniyaning Marca nashri PSJ hujumchisi Neymarning xaridi parijliklarga qimmatga tushayotgani haqidagi faktlarni ma’lum qildi.
Neymarning transferiga PSJ 222 million yevro sarflagan, futbolchining yillik maoshi 37 million yevroni tashkil etadi, bu uch yilda 111 millionga teng bo‘ladi.

Shu kunga qadar Neymar uchun sarflangan umumiy mablag‘ 333 million yevroni tashkil etmoqda. 28 yoshli hujumchi PSJga kelganidan buyon jamoaning faqat 51% o‘yinida ishtirok etgan. Braziliyalik futbolchi 155 uchrashuvning 80 tasida qatnashgan, xolos. Shu tariqa Neymar ishtirokidagi har bir o‘yin PSJga 4,16 million yevroga tushmoqda.

Neymar 2017 yilning yozida «Barselona»dan sotib olingandi. Koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlangan Fransiya chempionatining joriy mavsumida futbolchi 15 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urishga erishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Eshagidan to‘qimi qimmat». Neymarning bir o‘yini PSJga 4 mln yevroga tushmoqda