Germaniya rasmiylari Bundesliganing may oyining ikkinchi yarmida tiklanishini rasman ma’qulladilar.
Bunday holda, liganing o‘zi birinchi uchrashuvlar o‘tkaziladigan sanani tanlashi kerak bo‘ladi. Bu 15 may yoki 22 may kuni sodir bo‘ladi, ammo "Sport Bild" xabariga ko‘ra, chempionatning 15 mayda tiklanish ehtimoli yuqori.
Germaniya kansleri Angela Merkel ishtirokidagi vazirlar uchrashuvi doirasida maktablarni va maktabgacha ta’lim muassasalari ishidan ko‘ra chempionatni tiklash masalasi uzoqroq muhokama qilingani aytilmoqda.
Bremen shahri vakili esa mahalliy "Verder" jamoasi bunga hali tayyor emasligini aytib, futbol o‘yinlarini erta tiklanishiga qarshi chiqdi.
Birinchi Bundesliga va Ikkinchi Bundesliga uchrashuvlari 26-turdan boshlab davom ettiriladi. Jumladan, bellashuvlar Dortmundning "Borussiya" va "Shalke-04" jamoalari o‘rtasida derbidan davom ettiriladigan. Shu o‘rinda, barcha o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishini ta’kidlash joiz.
Payshanba kuni mamlakatning ikkita yuqori divizionida ishtirok etuvchi 36 klub o‘zaro yig‘ilish o‘tkazadi. Unda mavsumni qayta boshlash bo‘yicha yakuniy reja ishlab chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...