Joze Mourino: «Van Persi chetlatilishi lozim»


“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Yunayted” hujumchisi Robin van Persi Angliya chempionatining 24-turida “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda raqibini tirsagi bilan urganiga chetlatilmaganidan hayron qolganini bildirdi.
Mourinoning so‘zlariga qaraganda, “ko‘klar” hujumchisi Diego Kosta “Liverpul”ga qarshi o‘yinda qo‘pol o‘ynagani bilan ushbu holatga bir xil e’tibor berilishi kerak edi.
“Bir xafta oldin mening o‘yinchimni chetlatgan odamlar bu safar boshqa jamoa o‘yinchisini jazolashmadi. Van Persi diskvalifikatsiya qilinishi kerak edi, ammo qilinmadi”, – deb “SE” The Guardian nashriga tayanib Mourino so‘zlaridan keltiradi.
Manba: www.stadion.uz































Izohlar 0
…