3 552
"Paxtakor" - Masharipov - "Trabzonspor" "seriali" bo‘yicha rasmiy izoh: Jaloliddinning transferi qiymati 6 million yevro baholanmagan
"Paxtakor" yetakchisi Jaloliddin Masharipovga Turkiyaning "Trabzonspor" klubi jiddiy qiziqayotgani haqida ma’lumot bergandik.
Bugun turk matbuotida, xususan "FotoMac" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Masharipovning transfer narxi 6 million yevro baholangan va bu "Trabzonspor" klubini qo‘rqitib yuborgani haqida ma’lumot bergan.
Mazkur holatni aniqlash maqsadida, saytimiz tahririyati "Paxtakor" rahbariyati bilan bog‘landi. Toshkent klubining "championat.asia"ga ma’lum qilishicha, turk matbuotidagi xabar asossiz. Ya’ni, "Paxtakor" Masharipovning transfer narxini 6 million yevro baholamagan. Shuningdek, klublar hali rasman muzokaralarga kirishmagan. "Trabzonspor" klubi Masharipovning transferi bo‘yicha hozircha rasmiy so‘rov yuborgani yo‘q.
Kuni kecha Masharipovning transferi bo‘yicha Shahboz Beg‘amov ma’lum qilganidek, "Paxtakor" va turk klubi o‘rtasidagi muzokaralar hali rasmiy jarayonga ko‘chmagan. Va bu ko‘p jihat avvalo futbolchi hamda klubning o‘zaro shartnoma shartlarini kelishuviga ham bog‘liq masala. Turkiya klubi Masharipovga jiddiy qiziqmoqda, lekin hali aniq taklif bilan toshkentliklarga murojaat qilmagan.
"Paxtakor" Jaloliddin Masharipovning transferi bo‘yicha "Trabzonspor" bilan muzokaralarga kirishishga tayyor va tomonlar buni o‘zaro hal etishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"