22:00 / 31.05.2020
4 246

Entoni Joshua: Mayk Taysonga qarshi jang qilishni xohlamayman

Entoni Joshua: Mayk Taysonga qarshi jang qilishni xohlamayman
Foto: The Sun
Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua avvalroq boksga qaytishini ma’lum qilgan sobiq mutlaq Jahon chempioni Mayk Tayson bilan jang qilish istagi yo‘qligini aytdi.

«Hurmatni saqlagan holda shuni aytishim mumkin, men Tayson bilan jang qilishni xohlamagan bo‘lardim. Hatto «Temir Mayk» bilan jang qilib, uni yengan taqdirimda ham, o‘ylashimcha, bundan xursand bo‘ladigan yagona shaxs faqat men bo‘laman. Muxlislar hushtakbozligi qurshovida qolib ketaman. U — afsona va zamonamizning buyuk bokschisi.

Butun jahon faqat ikki chempionni tan olgan — Muhammad Ali va Mayk Tayson. Tayson boks olamidagi eng mashhur shaxs
», — deydi Joshua.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli Mayk Tayson bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etish uchun ringga qaytishini e’lon qilgandi. U professional boksda 56 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan (44 nokaut) va olti bor mag‘lubiyatga uchragan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Entoni Joshua: Mayk Taysonga qarshi jang qilishni xohlamayman