15:30 / 09.06.2020
2 219

Bahraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga keyingi hafta qura tashlanadi

Bahraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga keyingi hafta qura tashlanadi
Joriy yilning kuz faslida Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borgan jamoalar 2021 yil Peruda tashkil etiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi qur’a tashlash jarayonida Xitoy, Qatar va BAA vakillari bilan bir savatdan joy oladi.

Ayni paytda, terma jamoamiz poytaxtimizdagi «Chig‘atoy» bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati-2020 turniriga qur’a tashlash marosimi – Kuala-Lumpur shahrida 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:30da boshlanadi.

Jamoalar avvalgi Osiyo chempionatidagi natijalariga ko‘ra 4 ta savatga bo‘lib chiqilgan. Unga ko‘ra hamyurtlarimiz 4-savatchadan joy olishgan.

1-savatcha: Bahrayn, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya
2-savatcha: Avstraliya, Shimoliy Koreya, Indoneziya, O‘mon
3-savatcha: Hindiston, Eron, Yaman, Saudiya Arabistoni
4-savatcha: Xitoy, O‘zbekiston, Qatar, BAA

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga keyingi hafta qura tashlanadi