Foto: Getty Images
UYEFA 2019/20 yilgi Chempionlar ligasi mavsumini yakunlash bo‘yicha reja ishlab chiqdi. Taqvimning yangi sanalari 17 iyun kuni tashkilotning ijroi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda, deya yozadi AS.
Manbaning qayd etishicha, YECHL nimchorak final javob bahslari 8-9 avgust kunlari o‘tkazilishi mumkin. 12 avgust kunidan esa Lissabonda 8 ishtirokchi jamoadan iborat bitta pley-off bahsi formatidagi mini-turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘yinlar «Joze Alvalade» va «Eshtadiu da Lush» stadionlarida muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, turnirning chorak final bosqichiga «Pari Sen-Jermen», «Atletiko», «Atalanta» va «RB Leypsig» klublari chiqib bo‘lishdi.
1/8 final bosqichning qolgan to‘rt o‘yinda esa javob bahslari o‘tkazilishi kerak: «Real» – «Manchester Siti» (birinchi o‘yin — 1:2), «Chelsi» – «Bavariya» (0:3), «Lion» – «Yuventus» (1:0), «Napoli» – «Barselona» (1:1). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar