23:58 / 14.06.2020
2 619

Andrey Kanchelskis: "Penaltini Turg‘unboyev emas Ahmedov tepishi kerak edi"

Andrey Kanchelskis: "Penaltini Turg‘unboyev emas Ahmedov tepishi kerak edi"
Coca Cola Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirdi.
"Uzoq vaqt futbol o‘ynamagandik. G‘alabani ushlab qola olmaslik alam qildi. Ikki bor hisobda oldinda bordik. Penaltidan gol urganimizda hisob 0:2 bo‘lardi... Yigitlarga rahmat. "Nasaf" yaxshi jamoa, ularga qarshi o‘ynash doim og‘ir. Tarkibida kuchli futbolchilar ko‘p.

Keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bunday katta tanaffusdan keyin o‘yin tonusiga qaytish qiyin.

Aslida 11 metrli jarima to‘pini bizda Azim Ahmedov tepishi kerak edi. Nima uchun Turg‘unboyev zarba berganini hozir aniqlaymiz. Agar Ahmedov tepganida gol urardi. Azizbek jamoamizning asosiy va muhim futbolchisi, hayot davom etadi. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba uchun ko‘proq harakat qilamiz
", - deydi Andrey Kanchelskis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: "Penaltini Turg‘unboyev emas Ahmedov tepishi kerak edi"