Biroz avval OFK shtab-kvartirasida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning kuzida Bahraynda o‘tkaziladigan chempionatning guruh bosqichidagi jamoalar raqiblarini bilib olishdi. Unga ko‘ra o‘smirlar terma jamoamiz S guruhida Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Qur’a tashlash marosimidan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Olim Shokirov O‘FA matbuot xizmatiga guruhdagi raqiblar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Biz S guruhidan o‘rin oldik. Raqiblarimiz Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston. Bahraynda o‘tadigan Osiyo chempionatigacha bo‘lgan muddat - 5 oydan samarali foydalansak, rejalarimizning hammasi amalga oshsa, niyatimizga yetamiz. Kvartetimizdagi jamoalarning kuchli tomonlarini bilamiz. Ulardan qo‘rqadigan joyimiz yo‘q.
D guruhini ham olib qarasak, Yaponiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Indoneziya joylashgan. Demak, chorak finalda ham raqiblarimiz ancha kuchli bo‘ladi. Shogirdlarimiz o‘z kuchiga ishonadigan bo‘lsa, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Guruhimiz juda kuchli, lekin hammasi o‘zimizga bog‘liq, - dedi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Shokirov.
Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi 16 sentabr - 3 oktabr kunlari Bahraynda o‘tishi rejalashtirilgan.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar