
La Liga rahbari Xaver Tebas Krishtianu Ronalduning «Real»dan «Yuventus»ga o‘tgani musobaqa mavqeiga ta’sir o‘tkazmagani haqda gapirdi.
“Krishtianuning ketishi «Real»ni xafa qilgan bo‘lsa ham bu bizga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi, boisi, La Liga brendi ma’lum futbolchilardan yuqoriroq bo‘lish uchun yillar davomida tayyorlangan.
Ammo Messi bilan bog‘liq holat boshqa. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Faqat bizning ligamizda harakat qilgani esa bizning omadimiz. Nazarimda, Messining ketishi sezilarliroq bo‘ladi. Ayniqsa, boshqa chempionatga o‘tishi.
Lionel – ispan futboli ramzi, La Liga va men undan faoliyatini chempionatimizda yakunlashini so‘ragan bo‘lardim. Uning ketishi esa fojia bo‘lmaydi, chunki biz Messi yoki uning ishtirokisiz ham televizion kelishuvlarni imzolay olamiz. Biroq, asosiysi – uning ligaga olib kelayotgan foydasi. Messi bizni doimo xursand qiladi”, deydi Tebas.
Manba:championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar