
Superliga 5 turining ochilish uchrashuvi doirasidagi «Qo‘qon-1912» va «Qizilqum» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Baxtiyor Ashurmatov o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
«Ochig‘i, bugungi bahs qiyin o‘tdi. Murabbiy sifatida birinchi taymdagi o‘yinimizdan qoniqmadim. Tajmurad Agamuradov qo‘l ostida «Qizilqum» ancha o‘sishga erishgan. 4:0 hisobi bizning ulkan ustunligimizni anglatmaydi. Navoiyliklar gol o‘tkazib yuborgach, o‘yinda ancha pastlash kuzatildi. Bugungi o‘yin birinchi golgacha edi va bizning hisobni ochganimiz g‘alabamizda asosiy omil bo‘ldi.
Futbolni muxlislarimiz juda sog‘inishgandi. Afsuski, ular bugun maydonda biz bilan birga bo‘la olishmadi. Shunday bo‘lsa ham ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Tachmurad Agamuradovni bemalol ustozim, deb atasam bo‘ladi. Shamaqovichga kelgusi o‘yinlarda omad tilayman", - deydi "Qo‘qon-1912" klubi bosh murabbiyi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar