22:02 / 19.06.2020
1 779

Tachmurod Agamurodov: 3 daqiqa ichida 3 ta gol o‘tkazib yuborishni normal holat, deb bo‘lmaydi

Tachmurod Agamurodov: 3 daqiqa ichida 3 ta gol o‘tkazib yuborishni normal holat, deb bo‘lmaydi
Superliga 5 turining ochilish uchrashuvi doirasidagi «Qo‘qon-1912» va «Qizilqum» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng Tachmurod Agamurodov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz bir yarim taym yaxshi harakat qildik. Goldan keyin futbolchilar o‘ynashdan to‘xtadi. Shuningdek, biz amalga oshirgan o‘zgarishlar o‘yinni kuchaytirish o‘rniga teskari ta’sir ko‘rsatdi. Bunday natija bizni qoniqtirmasligi tabiiy. 3 daqiqada 3 ta gol o‘tkazib yuborish yaxshi holat emas. 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lyapsanmi, hali imkon bor va oldinga intilishing kerak.

Qo‘qonliklarni tabriklayman. Ularga hech qanday e’tirozim yo‘q. Barcha aybni o‘z bo‘ynimizga olamiz.
Qo‘l ostimdagi resurslar men xohlagan jamoani qurish uchun yetarli emas. Ammo bu bilan harakatdan to‘xtab qola olmaymiz. Yaxshi futbolchilarning borligi o‘yinni mazmunliroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Biroq men qo‘l ostimdagi yigitlar bilan ham maksimal natijalar uchun harakat qilaman
», - dedi Tachmurad Shamakovich.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tachmurod Agamurodov: 3 daqiqa ichida 3 ta gol o‘tkazib yuborishni normal holat, deb bo‘lmaydi