La Liga. Chempionlik poygasi o‘zining avj pallasiga chiqmoqda. "Barsa" ochko yo‘qotdi

La Liga. Chempionlik poygasi o‘zining avj pallasiga chiqmoqda. "Barsa" ochko yo‘qotdi
Foto: Getty Images
Ispaniya chempionatida 30-turning markaziy o‘yinida «Barselona» «Sevilya» mehmoni bo‘lib 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bu durangdan so‘ng «Barselona»ning ochkolari soni 65taga yetdi va endi Kataloniya klubi asosiy raqibi «Real»ning o‘yinini kutishga majbur.

«Real» 30-turni mehmonda «Real Sosyedad»ga qarshi o‘tkazadi. Madridliklarning ochkolari 62ta va «Anoeta»dagi g‘alaba Zidan jamoasini o‘zaro o‘yinga ko‘ra chempionat yetakchisiga aylantiradi.

La Liga. 30-tur
Sevilya – Barselona 0:0


Sevilya: Vatslik, Kunde, Regilon, Diyego Karlos, Navas, Jordan (Gudel, 69), Fernando, Oliver Torres (Banega, 46), Okampos (Vaskes, 84), de Yong (En-Nesiri, 69), Munir (Suso, 59).
Barselona: ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Vidal (Grizmann, 77), Buskets, Rakitich (Puch, 88), Suares, Breytueyt (Artur, 63), Messi.
Ogohlantirish: Regilon (26), Pike (39), Buskets (45), Fernando (45), Banega (62).

Eslatib o‘tamiz, "Real" ushbu turdan o‘rin olgan bahsini 21 iyundan 22 iyunga o‘tar kechasi "Real Sosyedad"ga qarshi mehmonda o‘tkazadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar