
O‘zbekiston milliy jamoasining karantindan keyingi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
«O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktabr va noyabr oylarida o‘tkazadi.
Ushbu bahslarga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rish maqsadida milliy jamoa uchun sentabr oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Mazkur yig‘in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4 sentabr kuni «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilandi», - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, Tojikiston milliy jamoasini 2019 yildan buyon o‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev boshqarmoqda.
O‘zbekiston JamoasiTojikiston O‘yiniO‘zbekiston MilliyO‘FA XabariKarantin O‘rtoqlikToshkent Yig‘ini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar