
Bugun Belarus chempionatida 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘zbekistonlik legionerlar – Jasur Yaxshiboyev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi "Slaviya Mozir" jamoasini qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Har ikkala hamyurtimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi. Yaxshiboyev 2 ta to‘p kiritib, jamoasining yana ikki goliga assistentlik qildi.
Belarus chempionati. 15-tur
“Energetik-BGU” – “Slaviya Mozir” 5:0
Gollar: 1:0 — Yaxshiboyev (4). 2:0 — Tve (47). 3:0 — Yaxshiboyev (58). 4:0 — Sovpel (70). 5:0 — Sovpel (90).
Jasur Yaxshiboyev 23 maydan buyon gol ura olmayotgan edi. Uning golsiz seriyasi to‘rtta o‘yindan iborat bo‘ldi.
Ayni paytda 14 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urgan hamyurtimiz chempionat to‘purarlari bahsida yaqqol peshqadamga aylandi.
Uning ta’qibchilari Ion Nikolayesku (“Vitebsk”), Gegam Kadimyan (“Neman”), Vitaliy Lisakovich (“Shaxtyor”) va Pavel Nexaychik (BATE) hisobida yettitadan gol bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar