Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes «Barselona» klubini boshqarishga umid qilayotganligini yashirib o‘tirmadi.
«Eng katta orzum - «Barselona» bosh murabbiyiga aylanish. Jonajon klubimga yana muvaffaqiyat qozonish uchun qaytmoqchiman. Katta loyihani noldan boshlash uchun barcha sharoitga ega bo‘lishni istardim. Men va murabbiylar shtabim shunga tayyorlanyapmiz. Bu haqda ko‘p aytganman, «Barsa»ni boshqarish ulkan sharaf bo‘lardi.
«Barselona»ga klubdagi yangi prezidentlik saylovlaridan keyin qaytish – eng qulay fursat bo‘lardi. Yanvar oyida ham Kataloniya klubi rahbariyatidan taklif bilan chiqishgandi, biroq o‘shanda Qatardan ketish mavridi emasdi. Umid qilamanki, ular meni hali yana chaqirishadi», - deya Xavining so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.
Ma’lumot uchun, Xavi 1998-2015 yillarda «Barselona»da to‘p surib, 767 o‘yinda 85 ta golga mualliflik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi