
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Torino"ga qarshi bahsda jarima to‘pidan muvaffaqiyatli foydalandi.
Bu uning "Yuve" libosida golga aylantirgan ilk jarima to‘pi edi. O‘yindan keyin portugaliyalik futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men o‘zimga bo‘lgan ishonch hissining bir qismini qaytarish uchun jarimadan unumli foydalanishim kerak edi. Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik, yaxshi tayyorlandik, g‘alaba qozondik va "Latsio"ga bosimni oshirdik.
Gollarni kim urishi muhim emas, muhimi g‘alaba hisoblanadi. Biz yaxshi formadamiz va "Milan"ni ham yutishga harakat qilamiz. Keyingi o‘yin ham qiyin bo‘ladi", – dedi Ronaldu Sky Sport Italia nashriga.
Krishtianu RonalduYuventusTorinoJarima To‘piO‘yin NatijasiG‘alaba Qozonish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar