Foto: Getty Images
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida o‘tkaziladigan Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yana bir qiyin bahs kutmoqda. «San Mames» — bu hamma uchun murakkab bo‘lgan stadion, buni bilamiz. Ajoyib o‘yin bo‘ladi, ammo biz bunga tayyormiz.
Futbolchilar La Liganing murakkab, qiyin va uzoq davom etadigan musobaqa ekanligini biladi. Hech qanday eyforiya yo‘q, chunki biz hali hech narsa yutmadik. Bizda o‘yinlarda g‘alaba qozonish istagi bor. «Real»da har doim bosim bo‘lgan va bu juda yaxshi holat deb hisoblayman. Kasbimizning go‘zalligi ham shunda, shu jumladan, murabbiy sifatida ham. Bosim yaxshiroq ishlashga majbur qiladi», — deydi Zidan.
33-turdan keyin «Real» 74 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Qirollik klubi» 2-o‘rinda borayotgan «Barselona»dan 4 ochkoga ilgarilab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, «Atletik Bilbao» — «Real» uchrashuvi 5 iyul, yakshanba kuni soat 17:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi