22:46 / 07.07.2020
2 061

Muhsin Muhammadiyev: "Muxlislarga bugun yuta olmasak ketaman deganman? Bu savol siz uchun shunchalik muhimmi?"

Muhsin Muhammadiyev: "Muxlislarga bugun yuta olmasak ketaman deganman? Bu savol siz uchun shunchalik muhimmi?"
"So‘g‘diyona" - "Buxoro" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bizda futbolchilar yetishmayapti. O‘yin paytida himoyachi jarohat oldi, o‘rniga yosh futbolchini tushirdik. Ikki futbolchi jarohat oldi, 4 nafar legioner hamon O‘zbekistonga kela olishmayapti.

Birinchi gol urilgan vaqtda qoida buzilmagandi, hakam hushtak chaldi va gol urildi. Ikkinchi taym boshida hisobni tenglashtirgandik. Tayyorgarlik yetarli bo‘lmagani uchun ham jarohatlar chiqa boshladi. Chempionat boshlanayotganida vaqt yetarli emas degandik, afsuski bunday bo‘lmadi. Aftidan qolganlar futbolni bizdan yaxshiroq tushunishadi", - deydi Muhammadiyev.

- Behruz Shodmonov qachon safga qaytadi?
- Noma’lum. Mushaklari shikastlangan.

- Legionerlar kela olishmayapti deb aytayapsiz, ammo siz karantin paytida Moskvadan qaytib keldingiz. Bu qanday sodir bo‘ldi?
- O‘FA va PFLga rahmat. Ular yordami bilan O‘zbekistonga keldim. Legionerlar esa Moskvada yashashmaydiku, biri Kanadada, biri Xorvatiyada, ikki nafari Ukrainada... Chegaralar yopiq bo‘lsa qanday olib kelamiz?

- "Metallurg" bilan o‘yindan so‘ng "Buxoro" jamoasining ashaddiy muxlislari bilan jamoa qarorgohida uchrashibsiz va unda agarda jamoa mag‘lubiyatga uchrasa ist’efo berishga va’da beribsiz. Jamoa bugun mag‘lubiyatga uchradi, is’tefo yuz beradimi?
- Bu siz uchun muhim narsami? Bu bizning muxlislar bilan o‘rtamizdagi muammo. Sizdan qo‘shningiz yoki buvingiz nima dedi deb so‘ramayapmanku? Yutqazsa murabbiy yutqazadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhsin Muhammadiyev: "Muxlislarga bugun yuta olmasak ketaman deganman? Bu savol siz uchun shunchalik muhimmi?"