"Real"ning 90% muxlislari Anchelottidan 4-4-2 sxemasiga qaytishni talab qilishmoqda

"Real"ning 90% muxlislari Anchelottidan 4-4-2 sxemasiga qaytishni talab qilishmoqda
"Real"ning 90% muxlislari Anchelottidan 4-4-2 sxemasiga qaytishni talab qilishmoqda

Madridning "Real" klubi muxlislari jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan 4-4-2 taktik sxemasiga o‘tishni talab qilmoqdalar. O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, klub muxlislari ayni damda klub o‘ynayotgan 4-3-3 sxemasi jamoaga to‘g‘ri kelmaydi degan fikrda.

Anchelottidan 4-4-2 sxemasiga o‘tishni so‘rovda qatnashgan muxlislarning 90,7 % muxlisi talab qilgan.

Ma’lumot uchun, Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o‘yinda 4-3-3 sxemasida o‘ynagan "Real" o‘yindan so‘ng qattiq tanqid ostiga olingan. Tanqid qiluvchilarning aksariyati ushbu sxemada raqiblar "Real"ning bo‘sh zonalarini tezroq ilg‘ab olishadi degan fikrdalar.

Manba: stadion.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar