
Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi ijarada to‘p surgan portugaliyalik Joau Mariuni 18 million yevroga xarid qilish huquqidan foydalanmadi. Endi futbolchi “Inter”ga qaytib ketadi. Milanliklar bosh murabbiyi Antonio Konte ham Mariuni tarkibga qo‘shmoqchi emas va futbolchi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
“Lokomotiv” Joau Mariu o‘ynaydigan pozitsiyaga “Bunyodkor”ning 18 yoshli futbolchisi Jasur Jaloliddinovni oldi. Jasur ham, Joau ham hujumkor yarim himoyachi ampluasida yaxshi o‘ynaydi. Bundan tashqari, portugaliyalik yarim himoyachi o‘ng qanotda ham to‘p surishi mumkin. O‘zbekistonlik futbolchi esa har ikki qanotda o‘ynay oladi.
Jasurning agenti Yuriy Belous o‘zbekistonlik futbolchi Joau Mariudan kuchli ekanini ta’kidlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar