“Real” Moratani 30 mln yevroga qaytarib olmoqchi

“Real” Moratani 30 mln yevroga qaytarib olmoqchi
“Real” Moratani 30 mln evroga qaytarib olmoqchi

“Yuventus” hujumchisi Alvaro Morata “Real”ga 30 million yevro evaziga qaytishi mumkin, deb xabar qiladi sports.ru.

Ispaniya termasining 22 yoshli forvardining italyan klubida ko‘rsatayotgan yorqin o‘yinlari tufayli “Real” o‘yinchini “Santyago Bernabeu”ga qaytarish haqida o‘ylab qoldi.

Madridliklar shu yozda Moratani 30 million yevroga qaytarib olishlari mumkin yoki 2016 yil yozida 35 million to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” ispan futbolchisini “Yuventus”ga 20 million yevroga sotib yuborgandi.

Manba: www.stadion.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar