2 386
Vadim Abramov: Imkon tug‘ilsa, Jaloliddinovni ijara asosida bo‘lsa ham "Bunyodkor"da to‘p surishini istardim
Yaqinda “Bunyodkor”dan Moskvaning “Lokomotiv” klubiga ko‘chib o‘tgan 18 yoshli futbolchimiz – Jasur Jaloliddinovning "temiryo‘lchilar" safida qolishi yoki qolmasligi hozircha mavhum. “Loko” uni o‘z tarkibida saqlab qolishi yoki bo‘lmasa boshqa jamoaga ijaraga berib turishi ham mumkin. “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov esa Jaloliddinov xususida shunday dedi:
- Basharti imkon tug‘ilsa, biz Jaloliddinovni ijara asosida bo‘lsa ham “Bunyodkor”ga qaytarishga urinib ko‘ramiz. Hammasi endi “Lokomotiv”dagilarning istak-xohishlariga bog‘liq. O‘zimga qolsa, uni bundan keyin ham “Bunyodkor”da to‘p surishini istardim. Shak-shubhasiz hammasi endi voqealar rivoji qanday tus olishiga bog‘liq.
“Loko”dagilar 7 avgust kuni Superkubok uchun o‘yinga hozirlik ko‘rmoqda. Ular shu yo‘lda ham ushbu transferni amalga oshirishdi, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, Jasurning bo‘lajak o‘yinda ishtirok etishi hali mavhum. Ammo ular Jasurni kelajak rejalari yo‘lida qo‘lga kiritishdi, - deya fikr bildirdi Vadim Karlenovich. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...