21:43 / 04.08.2020
2 406

Adebayor: «Real» Ronalduni sotib nimani yo‘qotganini yaxshi biladi, bunday futbolchilar 200 yilda bir marta paydo bo‘ladi

Adebayor: «Real» Ronalduni sotib nimani yo‘qotganini yaxshi biladi, bunday futbolchilar 200 yilda bir marta paydo bo‘ladi
Foto: Getty Images
Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor «qaymoqranglilar» Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Manchester Siti» to‘sig‘idan o‘ta oladimi degan savolga javob berdi.

«Agar bu savolni ikki yil avval berganingizda, men «ha» deb javob bergan bo‘lardim. Krishtianu bilan «Real» favorit edi. Ronaldu — gol mashinasi. U istalgan vaqtda o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. Men o‘z jamoasiga mavsum davomida 50 ta gol keltiradigan o‘yinchi haqida gapiryapman.

«Real» uyida 1:2 hisobida yutqazdi. Jamoaning keyingi bosqichga chiqishi qiyin bo‘ladi, biroq bu uddalab bo‘lmas ish emas. Ularda Karim Benzema, Marselo va Tibo Kurtua kabi tajribali futbolchilar bor. Bundan tashqari «qaymoqranglilar» katta uchrashuvlarda o‘ynashga o‘rganib qolgan.

«Real» Krishtianu ketganidan keyin nimani yo‘qotganini biladi, ammo uning qolishi qanchalik yutuq ekanini tushunmasa kerak. Balki jamoa uning saviyasidagi boshqa futbolchini topishni o‘ylagandir, biroq bunday o‘yinchilar 200 yilda bir marta paydo bo‘ladi
», — deydi Adebayor.

«Real» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi Madriddagi o‘yin 1:2 hisobida «shaharliklar» foydasiga hal bo‘lgan. Mazkur jamoalar ishtirokidagi javob o‘yini 7 avgust kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Adebayor: «Real» Ronalduni sotib nimani yo‘qotganini yaxshi biladi, bunday futbolchilar 200 yilda bir marta paydo bo‘ladi