date
views 2 648

Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston MTJ - O‘zbekiston U-19 - 3:2

Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston MTJ - O‘zbekiston U-19 - 3:2
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida yoshlar a’zosi Ulug‘bek Hoshimov hisobni ochdi - 0:1. Oradan ko‘p o‘tmay Ruslan Roziyev penaltidan gol urib milliy terma jamoa darvozasiga ikkinchi golni urdi - 0:2.

Birinchi taymda milliy terma jamoa hujumchisi Bobir Abdixoliqov hisobni qisqartirdi - 1:2.
Ikkinchi taymda bu safar MTJ penaltiga ega bo‘ldi va Temurxo‘ja Abduxoliqov gol urdi - 2:2. Uchrashuv tugashiga 13 daqiqa qolganida Azizbek Turg‘unboyevning urgan goli Vadim Abramov jamoasiga g‘alaba keltirdi.

O‘zbekiston MTJ - O‘zbekiston U-19 - 3:2
Gollar:
Ulug‘bek Hoshimov 10, - 0:1. Ruslan Roziyev 22 penalti, - 0:2. Bobir Abdixoliqov 27, - 1:2. Temurxo‘ja Abduxoliqov 63 penalti, - 2:2. Azizbek Turg‘unboyev 77, - 3:2.

O‘zbekiston MTJ - Mashhurjon Muhammadjonov, Islom Qobilov, Dilshod Ahmadaliyev, Igor Golban, Husniddin G‘ofurov, Nurillo To‘xtasinov, Jasur Hasanov, Sanjar Qodirqulov, Sharof Muhitdinov, Lutfulla To‘rayev, Bobir Abdixoliqov.
O‘zbekiston U-19 - Abduvohid Ne’matov, Odilbek Abdumajidov, Asliddin Toshtemirov, Saidazamat Mirsaidov, Bektemir Abdumannonov, Diyorbek Rahimqulov, Murod Xojamberdiyev, Davron Anvarov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Ulug‘bek Hoshimov, Ruslan Roziyev.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston MTJ - O‘zbekiston U-19 - 3:2