Foto: AFP
«Yuventus» rasmiy sayti klub Chempionlar ligasi turnirini tark etgani sababli bosh murabbiy Mauritsio Sarri iste’foga chiqarilganligini e’lon qildi.
- «Yuventus»ning Italiya A Seriyasida ketma-ket 9-chempionligini qo‘lga kiritib, klub tarixida yangi sahifa ochgan Mauritsio Sarriga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Bu Sarrining Italiya futbolidagi sarguzashtlarida nihoyat cho‘qqini zabt etishiga imkon yaratdi, - deyiladi klub bayonotida.
«Yuventus» joriy mavsumda A Seriyada «Inter»dan bir ochko ko‘proq jamg‘arib, skudettoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, «Lion»ga qarshi YECHL 1/8 final ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (0:1, 2:1), turnirni tark etishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sarri 2019 yil yozida «Yuventus»ni tark etgan Massimiliano Allegri o‘rniga jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi