11:30 / 17.08.2020
3 155

Angliya super klubi Messi uchun istalgan summani berishini e’lon qildi!

Angliya super klubi Messi uchun istalgan summani berishini e’lon qildi!
“Manchester Siti” Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirmoqchi.
Bosh murabbiy Xosep Gvardiola sobiq shogirdi Lione Messining yordamiga ehtiyoj sezmoqda. Argentinalik hujumchi ham sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng, “Barselona”ni tark etishni istayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Messini olib kelish uchun “Manchester Siti” rahbariyati istalgan summadan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilgan. Gvardiola "Barselona"ni boshqargan paytda Lionel Messining yulduz darajasiga yetishiga katta yordam bergan va ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar hamon saqlanib turibdi. Shuning uchun ham "shaharliklar" bu transfer amalga oshishiga ishonmoqda.

“Barselona” bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadigan Lionel Messini “Inter” ham o‘z safiga chorlamoqda. Italiyaliklar futbolchiga to‘rt yillik shartnoma va yiliga 50 million yevro maosh taklif qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya super klubi Messi uchun istalgan summani berishini e’lon qildi!