
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men Messini ko‘ndirish masalasida u bilan gaplashamanmi, yo‘qmi buni bilmayman. U – dunyoning eng yaxshi futbolchisi va siz hamisha jamoangizda eng zo‘r futbolchilar o‘ynashini xohlaysiz. Shaxsan men Messi bilan bajonidil ishlagan bo‘lardim. U klubga g‘alabalar olib keladi. Agar u jamoada qolishga qaror qilsa, men bundan juda ham xursand bo‘lgan bo‘lardim”, - deydi gollandiyalik mutaxassis.
“Barselona”da yuzaga kelgan inqirozdan so‘ng Messi jamoadan ketishi haqida juda ko‘p xabarlar chop etilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar