23:30 / 23.08.2020
2 104

Shomurodov hamon «Gent»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi

Shomurodov hamon «Gent»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov hamon Belgiyaning «Gent» klubi uchun asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi. Bu haqda «Voetbal Belgie» nashri yozmoqda.

Manbada aytilishicha, Belgiya chempionatini muvaffaqiyatsiz boshlagan «Gent» hamon Shomurodovni qo‘lga kiritishni istamoqda. Shuningdek, «Gent» Turkiya milliy jamoasi darvozaboni Sinan Bolatni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Oldinroq «Gent» Shomurodov uchun «Rostov»ga 5 million yevro taklif qilgani xabar qilingandi.

«Gent» Belgiya chempionatining ortda qolgan uchta o‘yinida ham mag‘lub bo‘ldi va bu vaqt davomida atigi ikkita gol urdi. Jamoa hujum chizig‘ini aynan O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi bilan kuchaytirmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov hamon «Gent»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi