18:41 / 24.08.2020
1 913

Tuxel: “Yetarli darajada sovuqqon bo‘la olmadik”

Tuxel: “Yetarli darajada sovuqqon bo‘la olmadik”
PSJ ustozi YECHL finalida “Bavariya”ga imkoniyat boy berilgach (0:1) o‘yindan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bor kuchimizni berdik. Qalbimizni va boshqa hamma narsani maydonda qoldirdik. Buni finalda kutish mumkin, ammo undan ortig‘ini emas. Natijani nazorat qila olmaymiz. Menga avvalroq birinchi gol hal qiluvchi rolni o‘ynashi haqida fikr kelib bo‘lgandi. Juda kuchli ikki jamoa o‘rtasidagi farqni bitta gol yuzaga keltirdi. Men mentalitetimiz bilan faxrlanaman. Boisi so‘nggi bir nechta o‘yinni qoyilmaqom darajada o‘tkazdik.

Bu har qanday murabbiy talab qila olishi mumkin bo‘lgan narsa. Ha, xafaman, ammo unchalik emas. Bizga faqat birinchi gol yetishmadi, xolos. Agar birinchi bo‘lib hisobni ochganimizda, xuddi shu hisobda biz g‘alaba qozongan bo‘lardik. Yetarli darajada sovuqqon bo‘la olmadik. Mbappe va Neymarning har doim gol urishini istaymiz, ammo buni ulardan so‘rash kerak emas”, — deydi Tuxel.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tuxel: “Yetarli darajada sovuqqon bo‘la olmadik”