11:45 / 30.08.2020
1 776

Mirjalol Qosimov: «Buxoro»ga qoyil qolish kerak, jamoa oxirgi o‘yinga chiqqandek harakat qildi

Mirjalol Qosimov: «Buxoro»ga qoyil qolish kerak, jamoa oxirgi o‘yinga chiqqandek harakat qildi
Foto: OKMK FK
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida «Buxoro»ga qarshi kechgan o‘yindagi durangdan (2:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Shiddatli, qiziqarli, jangovar o‘yin bo‘ldi. Futbol shunisi bilan qiziq. Birinchi bo‘limda barchasini hal qilish kerak edi. Gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi, Mate Vatsadzening o‘zida ikki bor golli vaziyat yuzaga keldi. Ikkinchi bo‘limda darvozamizga kirgan ikkita to‘pni biri ajoyib chiqdi, ikkinchisi rikoshetdan urildi. «Buxoro» jamoasiga qoyil qolish kerak, oxirgi o‘yinga chiqqandek harakat qildi. Ularni musobaqa jadvalida egallab turgan o‘rni mana shunday kurashishga majbur qilmoqda, ko‘proq ochko jamg‘arishi lozim.

Durang bo‘ldi, qaysidir ma’noda bunga o‘zimiz ham aybdormiz. Yo‘q joydan ikkinchi golni olib keldik. «Buxoro» qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. Yigitlarga ham oxirigacha kurashgani uchun rahmat aytib qolaman. Birinchi davrani mag‘lubiyatsiz yakunladik. Bu ham o‘ziga yarasha kichkina tarix.

Faqatgina Husniddin G‘ofurovni olish bilan cheklanmoqdamiz. Menimcha, boshqa transfer bo‘lmaydi.
Mavsum boshidan beri maqsadimiz o‘zgargani yo‘q. Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlardan birini egallash, kerakli natijaga erishib muxlislarimizni xursand qilish.

Muvaffaqiyatlarning hech qanday siri yo‘q. «To‘ydan oldin nog‘ora chalmagan ma’qul». Yilni oxirida sarhisob qilamiz. Albatta, mag‘lubiyatsiz o‘tkazish o‘zi bo‘lmaydi. Ikkinchi davrada ham jiddiy o‘yinlar bor. O‘zbekiston Kubogida ham oldinga qadam tashlamoqchimiz. Bu yerda ortiqcha piar qilishni hojati yo‘q. Qachonki oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishsak, o‘shanda biror narsa desa bo‘ladi.

Albatta, markazlashgan holatda chempionatni vaqtliroq o‘tkazish kerak edi. Koronavirus biz o‘ylagandek oddiy shamollash emas. Chunki o‘zimizning yaqinlar bu kasallikdan qiynaldi. Kecha yurgan insonlar bugun ko‘z yummoqda. Bundan buyon hammamiz o‘zimizga qarab, ehtiyot bo‘lib yursak bundan yengil chiqamiz. O‘zbekiston, butun dunyo koronavirusdan qutulishini istaymiz. Boshida e’tiborsiz bo‘ldik.

Masalan, o‘zimizni futbolchi Igor Zonich 38 kun davolandi. Ikkinchi davra uy-safar tizimida davom ettiriladi. Muxlislarga ham ruxsat berilsa, uy-safar tizimi yaxshiroq. Shunaqa boshlanadi. Ammo oxirgi to‘rtta turni shunday markazlashgan holatda o‘tkazish mantiqqa to‘g‘riroq bo‘lardi.

Suhrob Sultonovning xatolari? «Lokomotiv» bilan o‘yinda kutilmagan holatda gol o‘tkazib yubordi. Lekin shunda ham Suhrobga jamoadoshing xato qilsa sen qutqarishing kerak dedim. Bu o‘yinda ham «Buxoro» juda ajoyib gol urdi. Kutilmagan holatda to‘pni tepdi. Bu borada mashg‘ulotlarda ishlanadi", - deydi Mirjalol Qosimov.

OKMK birinchi davrani 29 ochko bilan 2-o‘rinda yakunladi. Jamoa keyingi turda «Metallurg» bilan o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: «Buxoro»ga qoyil qolish kerak, jamoa oxirgi o‘yinga chiqqandek harakat qildi