Foto: Getty Images
Argentina prezidenti Alberto Fernandes «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga murojaat bilan chiqdi.
«Siz har birimizning qalbimizdasiz. Biroq sizni o‘z vataningizda to‘p surishingizni ko‘rish baxtidan tobora uzoqlashayotgandekmiz. Bizga o‘yiningizdan rohatlanish baxtini taqdim eting va «Nyuells Old Boyz» klubimizga o‘ting. Bu sizning klubingizdir», — deya mamlakat rahbarining so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»ni tark etish haqidagi qarorini klub rahbariyatiga ma’lum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, argentinalik 33 yoshli futbolchiga «Manchester Siti» klubi asosiy da’vogar sanalmoqda.
Avvalroq, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Messi bilan uchrashish uchun Barselonada ekanligi haqida xabar berilgandi. Bugun, 30 avgust kuni Messi klubning belgilangan tibbiy ko‘rigiga tashrif buyurmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi