20:38 / 06.09.2020
2 328

Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Foto: TFF
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida 6 sentabr, yakshanba kuni Tojikiston yoshlariga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tojikistonliklar safida Abdulmo‘min Zabirov, Salam Ashurmamadov, Rustam Soirov va Sunatullo Ismoilov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘zbekistonliklarning yagona goliga Ulug‘bek Hoshimov muallif bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur terma jamoalar o‘rtasida 3 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ilk bahsda O‘zbekiston 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
6 sentabr, yakshanba

Tojikiston U-19 — O‘zbekiston U-19 4:1
Gollar:
1:0 – 33, penalti Abdulmo‘min Zabirov, 2:0 – 40 Salam Ashurmamadov, 3:0 – 83 Rustam Soirov, 3:1 – 87 Ulug‘bek Hoshimov, 4:1 – 90+1 Sunatullo Ismoilov.

Tojikiston U-19: Muhriddin Hasanov, Alijon Karomatullozoda, Manuchehr Safarov, Muhammad Salomzoda, Abdulmo‘min Zabirov, Nidoyor Zabirov, Rustam Soirov, Islom Zairov, Shuhrat Elmurodov, Isroil Xolov, Salam Ashurmamadov.

O‘zbekiston U-19: Izzatilla Tursunov, Shohjahon Sultonmurodov, Murod Xo‘jamberdiyev, Muhammadqodir Rahimberganov, Bektemir Abdumannonov, Bekzod Shamsiyev, Humoyun Sherbotayev, Asadbek Azimjonov, Muzaffar Olimjonov, Jaloliddin Sodiqov, Ulug‘bek Aknazarov.

Zaxira: Shukron Yo‘ldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Abubakr Rizo Turdialiyev, Ulug‘bek Hoshimov, Davron Anvarov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Ruslan Roziyev, Husayin Norchayev, Ibrohim Ibragimov, Abdurauf Bo‘riyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi