Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida 100 va 101-gollarini urdi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida 100 va 101-gollarini urdi
Foto: UYEFA
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi 2-turi doirasida Shvetsiyaga qarshi kechgan o‘yinda (2:0) dubl muallifiga aylandi.

Bu «Yuventus» hujumchisi uchun terma jamoa safidagi 100 va 101-gollar bo‘ldi. Bu borada jahon rekordi Eron terma jamoasining sobiq hujumchisi Ali Dayiga (109 ta gol) tegishli.

Shu tariqa Ronaldu mazkur rekordni takrorlashi uchun Portugaliya terma jamoasida yana 8 ta gol urishi kerak.
Krishtianu yevropalik futbolchilar orasida birinchi bo‘lib yuzlik dovonni zabt etdi. Bu borada ikkinchi natija Ferens Pushkashga tegishli — 84 gol.

Bundan tashqari Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 165-o‘yinini o‘tkazdi. Yevropa rekordigacha 11 ta, dunyo rekordiga qadar esa 19 ta o‘yin qoldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar