“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo muhim bo‘lmagan uchrashuvlarda Krishtianu Ronaldu xizmatidan foydalanmasligini bildirdi. Bu eng avvalo, portugaliyalik hujumchining yoshi bilan bog‘liq bo‘lib, Pirlo 35 yoshli futbolchini toliqtirib qo‘yishni istamayapti.
- Ahamiyati pastroq bo‘lgan uchrashuvlarda Ronalduga dam berishga harakat qilamiz. Krishtianu o‘z holatini to‘g‘ri baholay oladigan aqlli futbolchi. Qachon dam olish kerakligini uning o‘zi ham biladi, - dedi Pirlo.
O‘tgan mavsumda Krishtianu Ronaldu “Yuventus” tarkibida 46 ta o‘yinda 37 ta gol urdi. Bu yilgi chempionatda ham portugaliyalik yulduz ilk uchrashuvdayoq gollar hisobini ochdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar